Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Daun sindromi kasali bilan tug‘ilgan qiz qoriya bo‘ldi

Daun sindromi kasali bilan tug‘ilgan qiz qoriya bo‘ldi

Daun sindromi bilan tug‘ilgan iordaniyalik Ravana Dveyk butun Qur’oni Karimni yoddan o‘rgandi. 26 yoshli muslima Qur’onni o‘rganishda bunday muvaffaqiyatga erishishda xuddi shunday tashxisga ega bo‘lgan birinchi kishi bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Qizning o‘qituvchilariga ko‘ra, u ko‘p jihatdan o‘z xarakteri tufayli bunday natijalarga erisha olgan. Islam.ru xabariga ko‘ra, Ravana har doim qat’iyat va qattiq mehnat bilan ajralib turdi. Shuningdek, hofiz qizning tarbiyasidagi katta xizmat uning onasiga tegishli.

"Men uni tug‘ib, Daun sindromi borligini bilganimda, men juda xafa bo‘ldim. Ammo keyin qizimga Qur’on o‘qishni o‘rgataman va Allohning yordami bilan musulmonlarning butun kitobini o‘rganamiz, deb Alloh taologa qasam ichdim", - deydi Ravananing onasi Avatef Jobir.

"Onam menga Qur’oni Karimning bir oyatini o‘qib berardilar. Men har bir oyatni kamida 10 marta takrorlayman, keyin ularni yoddan o‘qiyman. Va bu vazifani menga oson qilgan Alloh edi", - deydi Ravana.

Kiritildi: 13:57 08.07.2021. O'qildi: 3791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!