Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Dauletmuratov Qoraqalpog‘istonda qonuniy miting o‘tkazish bo‘yicha ruxsat olganmidi?

Dauletmuratov Qoraqalpog‘istonda qonuniy miting o‘tkazish bo‘yicha ruxsat olganmidi?

Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni o‘z ishini davom ettirmoqda.

Aniqlanishicha, Dauletmurat Tajimuratov Konstitusiyaga kiritilayotgan tegishli o‘zgartirishlar bo‘yicha norozilik mitingini o‘tkazish bo‘yicha Jo‘qorg‘i Kengesiga rasman murojaat qilgan. Uning murojaatiga asosan miting 5 iyul kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan.

Sud majlisida guvoh va ayblanuvchilarning ko‘rsatmalari va namoyishlar bo‘lib o‘tgan kunlarda tasvirga olingan videomateriallar tahlil qilinmoqda. Xususan, ommani tinchlantirish maqsadida ishlatilgan qurollar va ularning ta’sir kuchi hamda qurollarni qo‘llashdan oldin ommaning ogohlantirilganiga oid holatlar ham o‘rganilmoqda.

Nukus voqelari bo‘yicha sudda prokuror Tajimuratovga 18 yil, Qallixanovaga 11 yil, Sportchi Azamat Turdanovga 8 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishini so‘radi

Axmet Smetullayevni 8 yilga, Dao‘letmurat Jiyemuratovni — 9 yilga, Baxtiyor Qadirbergenovni — 8 yilga, Bayram Seytniyazovni — 7 yilga, Allabay Tokimbetovni — 9 yilga, Qaharman Seytimovni — 6 yilga ozodlikdan mahrum etish so‘ralgan.

Azamat Nuratdinovga davlat ayblovchisi 7 yil, Saidabulla Medetovga — 7 yil, Nurlan Nayipovga — 7 yil, Po‘lat Shamshetovga — 7 yil, Razbek Bekmuratovga — 8 yil, Sultanbek Kaipovga — 8 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishini suddan so‘ragan.

Po‘lat Nurniyazovni ayblov tomoni 6 yilga, Sayipnazar Kalimovni — 7 yilga, Nurlan Sultamuratovni — 5 yilga, Arislan Temirxanovni — 7 yilga va Amirbek Adilbekovni — 7 yilga ozodlikdan mahrum etish so‘ralgan.

Salamat Kalilayev va Berdax Genjebayevga ayblov tomoni 3 yildan ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishini so‘ragan.

Sud majlisida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya a’zolari ishtirok etishmoqda. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, jarayonlar belgilangan talablarga muvofiq olib borilmoqda.

Komissiya a’zolarining ko‘magi bilan sud jarayonlarini “Amerika ovozi” multimedia axborot vositasi muxbir va muharriri Navbahor Imomova ham kuzatib bormoqda.

Kiritildi: 09:48 12.01.2023. O'qildi: 3999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!