Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Daryo muxbiriga tahdid qilgan IIB xodimiga «qattiq hayfsan» berildi

Daryo muxbiriga tahdid qilgan IIB xodimiga «qattiq hayfsan» berildi

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi 16 aprel kuni Qarshi shahrida ichki ishlar organlari xodimlari va Daryo muxbiri Otabek Qo‘ldoshev ishtirokida sodir bo‘lgan voqeani o‘rganishni yakunladi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi ushbu voqea ishtirokchisi Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘ining o‘rinbosari Azamat Shaymardanovganiqlangan qonunbuzarliklarni hisobga olib, unga «qattiq hayfsan» berilgan.

Jurnalistni IIBga olib borgan profilaktika inspektori va PPX batalyoni bo‘linma komandiri IIVning amaldagi me’yoriy buyruqlari talablari asosida harakat qilganligi ma’lum qilindi.

«Xizmat tekshiruvi xulosasi nusxasi va to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Qarshi shahar prokuraturasiga yuborilgan», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:16 27.04.2021. O'qildi: 2293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!