Bugun 18 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Daniyada minglab odamlar AQShning Grenlandiyani egallash rejalariga qarshi mitingga chiqdi

Daniyada minglab odamlar AQShning Grenlandiyani egallash rejalariga qarshi mitingga chiqdi

Daniyada minglab namoyishchilar AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani egallash rejalariga qarshi ko‘chaga chiqdi. Bu haqda mahalliy Politiken nashri xabar berdi.

Namoyish mamlakatning ikkinchi yirik shahri Orxusda bo‘lib o‘tdi. Unda faollar va Grenlandiya aholisi ishtirok etdi. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, mitingda taxminan 8 ming kishi qatnashgan.

Namoyish ishtirokchilari orol taqdiri uning o‘z xalqi tomonidan hal qilinishi kerakligini ta’kidlab, Daniya hech qachon o‘z hududini siyosiy maqsadlarda topshirmasligini bildirishdi.

Kiritildi: 21:17 17.01.2026. O'qildi: 197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!