Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen o‘z mamlakatining Ukrainaga harbiy yordami muddatsiz bo‘lishini ma’lum qildi.
Daniya rahbari bu haqda yakshanba kuni Kiyevda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytdi.
“Daniya Ukrainaga vaqt cheklovlarisiz harbiy yordam berishni va’da qilmoqda. Men buni barcha ukrainaliklarga e’lon qilaman. Mening mamlakatim Rossiyadan himoya qilish, havo hujumidan mudofaa yordami ko‘rsatish va Ukraina mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan miqdorda qurol-yarog‘ yetkazib berishda davom etadi. Ukrainaning kurashi kengroq ahamiyatga ega. Xarkov va Odessani himoya qilish orqali ukrainaliklar bir vaqtning o‘zida boshqa Yevropa shaharlarini himoya qilmoqdalar. Daniya, Shimoliy mamlakatlar va Boltiqbo‘yi davlatlari siz bilan birga. Biz boshidanoq urushni faqat so‘z bilan yutib bo‘lmasligini bilardik. Daniya Ukrainaga qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan bir necha bor yordam bergan. Endi, sizga kuchli havo hujumidan mudofaa kerak bo‘lganda, biz uni taqdim etishga va’da beramiz”, deb ta’kidladi u.