Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Daniya mudofaaga 19 milliard yevro sarmoya kiritmoqchi

Daniya mudofaaga 19 milliard yevro sarmoya kiritmoqchi

Daniya hukumati NATO xarajatlari rejasini bajarish majburiyatiga muvofiq kelasi 10 yil davomida mudofaa sohasiga 143 milliard Daniya kronasi (19,2 milliard yevro) sarmoya kiritishni taklif qildi, deb xabar berdi Reuters agentligi 30 may, seshanba kuni.

Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Troyels Lund Poulsen matbuot anjumanida: «Biz NATO va uning ittifoqchilari Daniyaga qo‘yayotgan talab va umidlarga ko‘proq mos bo‘lishimiz kerak. Bu o‘z mas’uliyatimizni bajarish uchun qurolli kuchlarimizga ko‘proq sarmoya kiritishni talab qiladi» dedi.

Daniyaning 2033 yildagi mudofaa xarajatlari 2024 yilgi mudofaa byudjetiga kiritilgan 6,9 milliard krona (0,93 milliard yevro)ga nisbatan 19,2 milliard krona (2,58 milliard yevro)ga yetishi kerak. Hukumatning ta’kidlashicha, taklif mudofaa xarajatlari umumiy asosini belgilaydi, uning doirasida haqiqiy harbiy xaridlar bo‘yicha qarorlar doimiy ravishda kelishib olinadi.

Ayni paytda mudofaa xarajatlari yalpi ichki mahsulotning 1,4 foizidan kamni tashkil qiladi.

Kiritildi: 23:40 30.05.2023. O'qildi: 1904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!