Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Daniya ayollar uchun majburiy harbiy xizmat joriy qiladi

Daniya ayollar uchun majburiy harbiy xizmat joriy qiladi

Daniya ayollar uchun majburiy harbiy xizmat joriy qiladi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Daniya mudofaa vaziri Troels Lund Poulsenning ma’lum qilishicha, 2025 yil 1 iyuldan keyin 18 yoshga to‘ladigan daniyalik ayollar 2026 yilda harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin. Hozirda mamlakatda harbiy xizmat faqat erkaklar uchun majburiy hisoblanadi. Biroq amaliyotda barcha daniyaliklar ham majburiy xizmatni o‘tamaydi, chunki armiyada ixtiyoriy xizmat qiladiganlar yetarli.

Agentlikning yozishicha, 2026 yil avgustidan Daniyada harbiy xizmat muddati to‘rt oydan o‘n bir oygacha uzaytiriladi. Shu tariqa, Daniya Yevropa Ittifoqida ayollar uchun majburiy harbiy xizmat joriy qilgan ikkinchi davlatga aylanadi. Shvesiyada bunday tizim 2017 yildan beri mavjud. NATO'ga a’zo, ammo Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan Norvegiyada ham ayollar uchun harbiy xizmat majburiy hisoblanadi.

Kiritildi: 18:30 26.03.2025. O'qildi: 1014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!