Daniya hukumati AQSh vise-prezidentining rafiqasi Usha Vens boshchiligidagi Amerika delegasiyasining tashrifi oldidan Grenlandiyada xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda.
Bu haqda AP xabar bermoqda.
Orolga qo‘shimcha polisiya bo‘linmalari va hidlovchi itlar yuborildi, dedi Daniya polisiyasi. Missiyaga yuborilgan polisiya xodimlari soni aniqlanmagan. Mahalliy matbuotning yozishicha, gap o‘nlab polisiyachilar haqida ketmoqda.
AQSh vise-prezidentining rafiqasi tashrifi davomida 37 kishi va 444 it ishtirok etadigan it chana poygasida ishtirok etadi.
AQShning ikkinchi xonimi orolga 27 mart kuni keladi va tashrifini 29 mart kuni yakunlaydi. U tarixiy joylarga tashrif buyurish va mahalliy madaniy meros bilan tanishishni rejalashtirgan.
Avvalroq Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede AQSh ikkinchi xonimining kutilayotgan safaridan noroziligini bildirgan edi.
"Hozir siyosatchining rafiqasi tashrifi zararsiz deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan vaqt emas", dedi u.