Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Dana Uayt MMA tarixidagi eng buyuk jangchi kim ekanini aytdi

Dana Uayt MMA tarixidagi eng buyuk jangchi kim ekanini aytdi

UFC prezidenti Dana Uayt aralash yakkakurashlar (MMA) bo‘yicha amerikalik jangchi va promoushenning og‘ir vazn toifasi chempioni Jon Jons haqida gapirdi.

“Menimcha, u jangovar sport tarixidagi eng buyuk jangchi. U barcha davrlarning eng buyuk jangchisi. Jon Jons, ehtimol, sayyora bo‘ylab sayr qilgan eng zo‘r inson. Men sevadigan Ali, Tayson va boshqa ko‘plab og‘ir vaznli sportchilar bor. Ammo Jon Jons yaxshiroq”, dedi Uayt YouTube kanallaridan biriga bergan intervyusida.

Jons professional darajada 29 ta jang o‘tkazgan, ulardan 27 tasida g‘alaba qozongan (10 tasi nokaut bilan), bir bora mag‘lubiyatga uchragan va u ishtirokidagi bitta jang haqiqiy emas deb topilgan.

Kiritildi: Bugun 10:47. O'qildi: 610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!