Damashqda 20 metr chuqurlikda 100 dan ortiq ommaviy qabrlar aniqlandi.
"Anadolu" agentligi Suriya poytaxti Damashq yaqinidagi Husayniyada ommaviy qabr deb taxmin qilinayotgan hududni tasvirga oldi. Qabr aeroport yaqinidagi hududda aniqlangan bo‘lib, taxminan 100 dan ortiq chuqurlarda jasadlar bir-birining ustiga ko‘milgan.
Qabriston qorovuli Ayman Xalil agentlikka bergan intervyusida xavfsizlik xodimlari tomonidan jasadlarni ommaviy ravishda olib kelib, yerga ko‘mganlik holatlari haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har safar 150 ga yaqin jasad keltirilgan va ular asosan tun vaqtida ko‘milgan.
Suriyalik Mazhar Arakuzi esa 2014 yilda uch ukasi bilan asirga olinib, qiynoqlarga duchor bo‘lganini, akasi qiynoqlar tufayli vafot etganini aytdi. U ommaviy qabrda akasi jasadini topish umidida DNK tekshiruvidan o‘tishga qaror qilgan.
Damashqning Husayniya tumanidagi Asad qamoqxonalarida 75 000 ga yaqin mahbus o‘ldirilgan.
Bu xabar Bashar Asad rejimi davrida sodir bo‘lgan inson huquqlari buzilishlari va qiynoqlar haqidagi gumonlarni tasdiqlamoqda.