AQShda joylashgan suriyalik inson huquqlari tashkiloti rahbari Muoz Mustafaning ma’lum qilishicha, Damashq yaqinida topilgan ommaviy qabrda sobiq prezident Bashar Asad hukumati tomonidan o‘ldirilgan kamida 100 000 kishining jasadlari topilgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
"Aslida, yuz ming — bu juda ehtiyotkorona tarzda baholanishi ortidan kelib chiqqan son. Bu taxminiy, o‘ta optimistik xisob", — deya ta’kidladi Mustafa. Uning qo‘shimcha qilishicha, jasadlar bundanam ko‘p bo‘lishi mumkin, shuningdek qurbonlar orasida suriyaliklar bilan birga AQSh va Buyuk Britaniya fuqarolari hamda boshqa chet elliklar ham bo‘lgan.