Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Damas haydovchisi YPX xodimini bosib ketdi

A A A
Damas haydovchisi YPX xodimini bosib ketdi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryoda Damas haydovchisi YPX xodimini urib, bosib ketganligi haqida videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan IIV JXD YHXX ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 31 yanvar kuni soat 16:35 larda Kitob tumani hududidan o‘tuvchi "Kitob-Shahrisabz" avtomobil yo‘lining 3-kilometrida viloyat IIB JXX YHXB YPX xodimi N.Musinov davlat raqam belgisi bo‘lmagan Damas haydovchisining me’yoriy hujjatlarini tekshirish maqsadida "to‘xtash" haqidagi ishorani bergan vaqtda, haydovchi to‘xtamasdan transport vositasini xodimning ustiga boshqarib yuborgan.

Atrofda bo‘lgan fuqarolar yordamida avtomobil ostidan olib chiqilgan YPX xodimi N.Musinov shifoxonaga olib borilgan. Kitob tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan berilgan dastlabki ma’lumotga ko‘ra, N.Musinovda boshi, yuzi, qo‘li va oyoqlarida shilingan, qirilgan jaroxatlar borligi ma’lum qilingan.

Holat yuzasidan Kitob tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:44 01.02.2024. O'qildi: 1281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!