Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Dam olish kunlari quruq va o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

A A A
Dam olish kunlari quruq va o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Juma kuni O‘zbekistonda quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Havo harorati kunduz kuni 35-37 darajani, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda 41-43 darajagachani tashkil etadi.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha asosan quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Ushbu kunlarda harorat me’yordan 1-2 darajaga ko‘p bo‘ladi va 33-36 darajani, janubda va cho‘l hududlarida 37-40 darajani tashkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayadi.

Kiritildi: 16:53 11.06.2021. O'qildi: 1735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!