Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Dahshatli suv toshqini tufayli Ispaniya kubogining ikkita o‘yini qoldirildi

A A A
Dahshatli suv toshqini tufayli Ispaniya kubogining ikkita o‘yini qoldirildi

Ispaniyada kuchli yomg‘irlar dahshatli suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 51 kishi halok bo‘lgan.

Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi chora ko‘rishga majbur bo‘ldi - kubokning ikki o‘yini ko‘chirildi. Gap "Parla Eskuela" - "Valensiya" va "Pontevedra" - "Levante" uchrashuvlari haqida ketmoqda. O‘yinlar ko‘chirilgani to‘g‘risidagi ma’lumot federasiyaning rasmiy saytida joylashtirilgan.

Ispaniya federasiyasi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Yana boshqa o‘yinlarni ham ko‘chirishga to‘g‘ri kelishi ehtimoldan xoli emas.

Kiritildi: 18:09 30.10.2024. O'qildi: 802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!