Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Dahshat! Rossiyalik erkak xolasi va uning uch nafar bolasini o‘ldirdi

A A A
Dahshat! Rossiyalik erkak xolasi va uning uch nafar bolasini o‘ldirdi

Qarindoshlarini, jumladan, uch nafar bolani o‘ldirishda ayblangan 33 yoshli Moskva fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi yakunlandi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva viloyati bo‘yicha bosh ofisi sayti xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchining qotillikka aloqadorligi haqidagi barcha kerakli dalillar to‘plangan, biroq u qamoqxonaga jo‘natilmasligi mumkin.

Jinoyat Likino-Dulevo shahrida sodir bo‘lgan. Erkak xolasi va uning ikki yoshdan sakkiz yoshgacha bo‘lgan uchta farzandini pichoqlagan. U voqea joyida qurbonlar jasadlari yonidan topilgan. Erkakning ahvoli yaxshi emas edi.

Psixologik ekspertiza davomida ekspertlar uning qotillik qilgan paytida hushi o‘zida bo‘lmaganini aniqladilar. Ayni paytda uning ishi sudga o‘tkazildi, u yerda psixiatriya klinikasida majburiy davolanish masalasi hal qilinishi kerak.

Kiritildi: 07:51 11.08.2021. O'qildi: 3165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!