Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Dahshat! Erkak 1 oylik nevarasiga spirtli ichimlik berib, uni o‘ldirib qo‘ydi

A A A
Dahshat! Erkak 1 oylik nevarasiga spirtli ichimlik berib, uni o‘ldirib qo‘ydi

Xitoyning Pekin shahrida erkak 1 oylik nevarasiga spirtli ichimlik berib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi, deb yozmoqda "Daryo".

Ma’lum bo‘lishicha, qarindoshlar va do‘stlar oilada yangi chaqaloq tug‘ilganini nishonlash uchun yig‘ilgan. O‘shu kuni chaqaloq 1 oylik bo‘lgan. Bolaning otasi tomondan bo‘lgan buvasi qadah ko‘tarib tilak bildirgan. Shunda mehmonlardan biri hazil qilib, buvasi spirtli ichimlikni nevarasisiz ichmasligini aytgan.

Shu sababli erkak qadahidagi ichimlikdan nevarasiga ho‘platgan. Chaqaloqning onasi zudlik bilan bolani qo‘liga olgan. Oradan yarim soat o‘tib bola nafas olmay qolgan. U kasalxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uni reanimasiya qilishga ulgurmagan.

O‘tkazilgan so‘nggi tekshiruvlar bola spirtli ichimlikdan zaharlanish oqibatida o‘lganini ko‘rsatgan.

Kiritildi: 11:19 19.07.2019. O'qildi: 2881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!