Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Dahshat! Buxorolik er-xotin nafaqa olish maqsadida o‘z qizini nogiron qilmoqchi bo‘ldi

Dahshat! Buxorolik er-xotin nafaqa olish maqsadida o‘z qizini nogiron qilmoqchi bo‘ldi

Buxoroda yashovchi ota-ona farzandini nogiron qilib nafaqa puli olmoqchi bo‘ldi. Biroq ularning bu niyati amalga oshmay qoldi. Bu haqda "togri.uz" xabar bermoqda.

9 yoshli Shukrona Shodiyevaning ota-onasi uni muntazam ravishda och qoldirgan, turli darajadagi tan jarohati, psixologik ta’sir o‘tkazib kelgan. Voyaga yetmagan qiz uy zo‘ravonligiga uchragan.  

Maqsad nafaqa puli

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad qizni nogiron qilib, kelajakda unga ajratiladigan nafaqa pulini undirish bo‘lgan. Hatto qiz o‘ziga o‘zi jarohat yetkazishga ham undalgan.

Shukronaning aytishicha, otasi unga o‘zini kanalga tashlashni ham buyurgan. Qiz otasidan qo‘rqqani bois kanal oldiga borgan biroq bu ishni qila olmagan.

Otalik huquqidan mahrum etildi

Buxoro viloyati  xotin-qizlar qo‘mitasi talabi bilan sud-medekspertiza xulosalari, Shofirkon tumani xalq ta’limi hamda Vasiylik va homiylik organlari tomonidan Dilmurod Shodiyevni otalik huquqidan mahrum qilish haqida so‘rovnoma Shofirkon tumani sudiga taqdim qilindi. Tuman fuqarolik sudi taqdim etilgan barcha dalillarga hamda Oila kodeksining 79-moddasi 3-bandiga asoslanib, fuqaro D.Shodiyevni otalik huquqidan mahrum qilish xususida hukm chiqardi.

Onasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Shukronaning o‘gay onasi Oygul Sherdonovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1 va 2-qismlari, ya’ni qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Mehribonlik uyiga topshirildi

Buxoro viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ushbu qiz oilasidan ajratib olinib, viloyat bolalar shifoxonasiga joylashtirilgan. Muntazam ravishda ko‘rik hamda muolajalardan so‘ng Shukronaning sog‘lig‘i tiklangan.

Hukmga binoan, SH.Shodiyeva Buxoro shahridagi 32-sonli Mehribonlik uyiga joylashtirildi. Bundan tashqari, bola foydasiga Oila kodeksining 99-moddasida belgilangan miqdorda aliment undiriladigan bo‘ldi.

Kiritildi: 14:33 20.09.2019. O'qildi: 4365 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!