Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Crocus City Halldagi teraktni uyushtirganlar: "Buyurtmachi Ukraina bo‘lgan"

Crocus City Halldagi teraktni uyushtirganlar: "Buyurtmachi Ukraina bo‘lgan"

Crocus City Hall teraktini uyushtirganlar buyurtmachi sifatida Ukrainani ko‘rsatdilar

Crocus City Hall teraktini uyushtirganlar Ukraina va "Islomiy davlat"ning Afg‘onistondagi bo‘limi bo‘lgan "Viloyat Xuroson" terror tashkiloti buyurtmachilar ekanini ma’lum qildi.

Ayblanuvchilardan birining aytishicha, unga Ukraina terakt buyurtmachisi, "Viloyat Xuroson" esa faqat tashkilotchi ekanligi ayon bo‘lgan. Ayblanuvchilar, shuningdek, terakt koordinatori ularni pul ishlash maqsadida o‘ziga qo‘shilishga ko‘ndirganini aytishgan. U Rossiyani musulmonlarning dushmani deb atagan, lekin ularni ko‘proq savob qiziqtirgan.

Ular, shuningdek, Ukrainaga o‘tish uchun chegarada ularni maxsus guruh kutib olishi kerakligi, Kiyevda esa har biriga million rubldan to‘lash va’da qilinganini aytishgan.

Crocus City Halldagi terakt qurbonlari soni 146 nafarga yetgan. Jinoyatchilar Tojikiston fuqarolari hujumdan ko‘p o‘tmay qo‘lga olindi.

Kiritildi: 10:50 30.06.2025. O'qildi: 681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!