112 manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning barchasi "Batalxajin" terroristik tashkiloti a’zolari.
Ikki ayblanuvchi allaqachon hibsga olingan, uchinchisi esa qidiruvda. Jinoyatchilardan biri polisiyadan qochishga urinib, halok bo‘lgan. U boshqa jinoyati uchun federal qidiruvga berilgan edi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilar qurol va o‘q-dorilarni uzoq vaqt davomida izlagan va "Batalxajin" tashkilotiga aloqaga chiqishgan. Operasiya ingushlarning Surxaxi qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan. Razvedka xizmatlari Ukraina va Turkiyada yashirinib yurgan "Batalxajin" a’zolari — Ilyos va Adam Belxaroyevlarning Krokusdagi teraktga aloqadorligini ham tekshirmoqda.
Gumonlanayotgan shaxslarning birinchisi Ingushetiya Ichki ishlar vazirligi Ekstremizmga qarshi kurash markazi (SPE) rahbari Ibrohim Eljarkiyev va uning ukasini o‘ldirishda va kontrabanda qurollarini saqlashda sirtdan ayblanmoqda.