Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Covid-19 tufayli alkogol mahsulotlari sotish taqiqlandi

A A A
Covid-19 tufayli alkogol mahsulotlari sotish taqiqlandi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida 10–20 aprel kunlari Covid-19 epidemiyasiga qarshi kurash chora-tadbirlari doirasida megapolis hududida alkogol mahsulotlari sotish ta’qiqlandi. Bu haqda hukumat matbuot kotibi Ratchad Txanadirek o‘z "Tvitter"ida yozib qoldirdi.

Mamlakatning 10 ta viloyati hamda Chiangmay shahrida bu ta’qiq allaqachon kuchga kirgan. Ta’qiq shartlari hamma viloyatlarda ham bir xil emas.

Tailand ma’muriyatining fikriga ko‘ra, spirtli ichimliklarni sotishni taqiqlash ziyofatlar, to‘ylar, tug‘ilgan kunlar va alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish bilan bog‘liq boshqa marosimlarning kamayishiga olib keladi.

Kiritildi: 06:40 10.04.2020. O'qildi: 5188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!