Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

«COVID-19»ning yangi shtammlarini ishlab chiqarish "laboratoriya"siga aylangan mamlakat nomi ma’lum bo‘ldi

«COVID-19»ning yangi shtammlarini ishlab chiqarish "laboratoriya"siga aylangan mamlakat nomi ma’lum bo‘ldi

Braziliya hali ham koronavirusni o‘z nazorati ostiga ololmagan, shu sababli mamlakat virusning yangi turlarini ko‘paytirayotgan ulkan «laboratoriya»ga aylangan. Bu fikrlarni San-Paulu universiteti tibbiyot fakulteti professori Domingo Alves aytib o‘tdi.

«Bizda jiddiy xavf mavjud. Negaki, infeksiyani yuqtirish darajasi yuqori bo‘lganligi bilan birga, sanitariya nazorati ham mavjud emas. Biz ideal «laboratoriya»ga aylandik», deydi mutaxassis.

Uning so‘zlariga ko‘ra, allaqachon ma’lum bo‘lgan shtammlar aysbergning faqat bir uchi, aslida ular yanada juda ko‘p.

«Manaus shahrida aniqlangan shtamm ayniqsa xavflidir, chunki uni tobora ko‘proq yoshlar, shu jumladan homilador ayollar yuqtira boshlamoqda», deydi Alves.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, yangi shtammlarni aniqlash vaqti-vaqti bilan ro‘y beradi. Ammo mutasiyalar haqida gap ketganda, vaziyatni yomonlashishini anglanilishi kerak.

Braziliya koronavirus tarqalishi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda bormoqda. Bu yerda 14,7 million odam infeksiya bilan zararlangan, uning asoratlari oqibatida 407 ming nafar bemor vafot etgan.

Kiritildi: 13:43 04.05.2021. O'qildi: 3320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!