Misr ta’lim vaziri mamlakatda koronavirusning kutilayotgan ikkinchi to‘lqini ta’limda tanaffuslar elon kilinishiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Ammo, Tarek Shoki bunday choralar zarur bo‘lmasasa, o‘quv yilini yakunlash uchun boshka muqobil choralar ko‘rilishi kerakligini aytmoqda.
«Turli gubernatorlardagi barcha ta’lim direktorliklarida vazirlik tomonidan ta’lim muassasalari va maktablar ichidagi ehtiyot choralarini kuchaytirish, virus tarqalishini cheklash bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud.
O‘quvchilar sog‘lig‘ini himoya qilish bizning eng muhim ustuvor vazifalarimizdan biridir va biz har doim o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish uchun harakat qilamiz», deya qo‘shimcha qildi u.