Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

“COVID-19” infeksiyasidan vafot etganlarning 132 nafarini ayollar, 213 nafarini erkaklar tashkil etgan

A A A
“COVID-19” infeksiyasidan vafot etganlarning 132 nafarini ayollar, 213 nafarini erkaklar tashkil etgan

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda koronavirus qayd etilgan bemorlarda o‘lim ko‘rsatkichlarining aksariyatiga surunkali va hamroh kasalliklarning mavjudligi ham sabab bo‘lmoqda.

Jumladan, 6 sentyabr holatiga ko‘ra, “COVID-19” infeksiyasidan vafot etgan 345 nafar bemorning 132 nafarini ayollar, 213 nafarini erkaklar tashkil etgan. O‘limning yosh toifasiga ko‘ra, 6 nafar bemor 30 yoshgacha, 26 nafar 30-40 yosh oralig‘ida, 45 nafar 40-50 yosh oralig‘ida, 99 nafar 50-60 yosh oralig‘ida, 106 nafar 60-70 yosh, 63 nafar 70 yoshdan katta bemorlar tashkil etgan.

O‘lim sababiga ko‘ra, vafot etganlarning 264 (81,4 foiz) nafarida o‘tkir yurak qon-tomir, nafas yetishmovchiligi, 10 nafarida (17,0 foiz) o‘tkir respirator distress sindrom, 8 nafarida (2,4 foiz) tromboemboliya, 4 nafarida (1,2 foiz) o‘tkir miokard infarkti va boshqalar qayd etilgan.

“COVID-19” infeksiyasidan vafot etgan bemorlarda kasallikning kechishi tahlil qilinganda, aksariyat bemorlarda giperkoagulyasiya – organizmdagi barcha tomirlarda qonning quyulib ketishi kuzatilib, uning asorati bemor a’zolarida tromboz, infarkt, insult kabi asoratlarga olib kelgan. 
 

Kiritildi: 17:03 06.09.2020. O'qildi: 1741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!