Bugun 23 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

COVID-19 ga qarshi vaksinalarning saratonni davolashda yordam berishi aniqlandi

COVID-19 ga qarshi vaksinalarning saratonni davolashda yordam berishi aniqlandi

COVID-19 ga qarshi mRNK vaksinalari ayrim saraton bemorlarining umrini uzaytirishga yordam berishi mumkinligi aniqlandi. Bu haqda olimlar pandemiya davrida vaksina olgan va olmagan bemorlarning natijalarini solishtirgan tadqiqotlar orqali ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, rivojlangan o‘pka va melanoma saraton turlari bilan og‘rigan mingdan ortiq bemor ishtirok etgan. Ularga immunterapiyaning bir turi — “checkpoint ingibitorlari” qo‘llanilgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, immunterapiyadan 100 kun oldin Pfizer yoki Moderna’ning mRNK COVID-19 vaksinacini olgan bemorlar vaksina olmaganlarga nisbatan ikki barobar ko‘proq umr ko‘rgan. Qaysi kompaniya vaksinasi ishlatilgani ahamiyat qilmagan.

Olimlar bunday natijalarni yanada yirik klinik sinovlarda tekshirish zarurligini ta’kidlamoqda. Ular uchun hali ko‘p savollar ochiq:
— Vaksina qachon berilsa, samarasi yuqori bo‘ladi?
— U boshqa saraton turlariga ham ta’sir qilarmi?
— Agar mRNK koronavirus emas, immun tizimini faollashtiradigan oqsilni kodlasa, natija kuchayadimi?

Yangi tadqiqotlar ushbu savollarga aniq javob berishga yordam berishi kutilmoqda.

Kiritildi: 18:14 17.11.2025. O'qildi: 745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!