Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

COP29 yakuniy hujjati bo‘yicha kelishib olindi: Iqlimni muhofaza qilish uchun yiliga 1,3 trillion dollar ajratiladi

 COP29 yakuniy hujjati bo‘yicha kelishib olindi: Iqlimni muhofaza qilish uchun yiliga 1,3 trillion dollar ajratiladi

24 noyabrga o‘tar tunda BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 29 sessiyasi ishtirokchilari rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlimni muhofaza qilish uchun yordamini oshirishga kelishib oldilar. Unga ko‘ra, 2035 yilga kelib, sanoati rivojlangan mamlakatlar tomonidan har yili ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori kamida 300 milliard dollarga ko‘tarilishi kerak. Davlat va xususiy moliyalashtirishni umumiy hisobga olgan holda, rivojlanayotgan mamlakatlar bu vaqtga qadar yiliga 1,3 trillion dollar olishlari kerak bo‘ladi.

Pul rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash choralarini moliyalashtirish, shuningdek, tez-tez sodir bo‘ladigan qurg‘oqchilik, bo‘ron va toshqinlar kabi global iqlim isishi oqibatlariga moslashish imkonini berishi kerak.

Bokudagi COP29 iqlim konferensiyasi yakuniy kelishuv loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli uzaytirildi. COP29 konferensiyasining bir qator ishtirokchilari moliyaviy yordamni oshirish taklifini yetarli emas deb hisoblashdi.

Kiritildi: Bugun 11:23. O'qildi: 177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!