Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

COP29: Shavkat Mirziyoyev Bokudagi O‘zbekiston milliy pavilyoni bilan tanishdi

COP29: Shavkat Mirziyoyev Bokudagi O‘zbekiston milliy pavilyoni bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o‘tayotgan BMTning Butunjahon iqlim sammitida (COP29) tashkil etilgan O‘zbekiston Milliy pavilyoni bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbariga pavilyonning g‘oyasi va unda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Pavilyon O‘zbekistonning noyob madaniy merosi hamda ekologiya va iqlim masalalariga barqaror yondashuvlarini namoyish etishga mo‘ljallangan. Uning "Ichki barqarorlik" deb nomlangan me’moriy konsepsiyasi insonning tabiat bilan uyg‘unligini va oilaviy qadriyatlarni ifodalovchi an’anaviy o‘zbek hovlisiga asoslangan.

Somon suvoq va yog‘och kabi ekologik, an’anaviy materiallardan foydalanib, azaldan o‘zbek xonadonining ajralmas qismi bo‘lmish ayvon va so‘ridan ilhomlanib bunyod etilgan pavilyon uyg‘un makon hosil qiladi. Birgalikda ushbu me’moriy yechimlar qulay mikroiqlimni ta’minlaydi, shinam muhit yaratadi va barqaror kelajak haqidagi g‘amxo‘rlikni aks ettiradi.

Sammit kunlarida bu yerda Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy-ekologik muammolarini hal etish, "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda bioxilma-xillikni asrashga bag‘ishlangan 20 dan ortiq qo‘shimcha tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 17:25 13.11.2024. O'qildi: 435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!