Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Coca-Cola” kompaniyasi reklamasidagi Santa sabab sudga berildi

“Coca-Cola” kompaniyasi reklamasidagi Santa sabab sudga berildi

Rossiyaning Tomsk shahri fuqarosi Denis Amosov “Coca-Cola” kompaniyasiga qarshi yangi yil ichimliklar reklamasida Santa-Klaus paydo bo‘lganligi sababli sudga murojaat qildi.

Bu haqda "Sibdepo" portali xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Denis o‘z da’vosini kompaniyaning Santa-Klaus obrazi orqali Qorbobo va Qorqizni "siqib chiqarayotganligi" bilan izohlagan.

"Bolalar va kattalar o‘rtasida baxtli yil faqat “Coca-Cola” va Santa-Klaus bilan bo‘lishi mumkin degan tushunchalar paydo bo‘lmoqda", deyiladi sud da’vosida.

Denis, shuningdek, rus madaniyatining ertak qahramonlari bilan unchalik tanish bo‘lmagan yosh avlod uchun "qo‘rqishini" ta’kidladi.

Amosov tovon puli sifatida 30 million rubl olmoqchi.

Kiritildi: 06:00 15.12.2020. O'qildi: 5060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!