Bugun 31 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Coca-Cola Belgiya, Lyuksemburg va Niderlandiyagi o‘z mahsulotlarini sotuvdan qaytarib oldi

Coca-Cola Belgiya, Lyuksemburg va Niderlandiyagi o‘z mahsulotlarini sotuvdan qaytarib oldi

Qayd etilishicha, bu partiyalardagi ichimliklar tarkibida xlorat miqdori me’yordagidan oshgan.
Buyuk Britaniyada ham shunday bir necha partiyadagi mahsulotlar aniqlangan, ammo ular allaqachon sotib yuborilgan. Buyuk Britaniya hududida Coca-Cola ichimliklari bilan bog‘liq shikoyatlar qayd etilmagan.

Xlorat suvni yoki oziq-ovqat sanoatini xlor asosidagi dezinfeksiya vositalari bilan ishlov berishda hosil bo‘lishi mumkin. U ko‘ngil aynishi, qusish, diareya va qonni kislorod singdirish qobiliyatining cheklanishiga olib kelishi mumkin. Bu modda, shuningdek, qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi, ayniqsa bolalar va go‘daklarga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Kompaniya "iste’molchilar uchun xavf darajasi judayam kam" ekanini va "o‘z mahsulotlarining sifati va xavfsizligini eng ustuvor vazifa" deb bilishini ta’kidladi.

Kiritildi: 23:22 28.01.2025. O'qildi: 439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!