Donald Tramp ikkinchi “tebranuvchi” shtat – Jorjiyada g‘alaba qozondi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, 98 foiz ovozlarni qayta ishlash natijasida Tramp Jorjiyada 50,8 foiz, Harris – 48,3 foiz ovoz oldi. Associated Press ma’lumotlari ham Trampning bu shtatdagi g‘alabasi haqida dalolat beradi.
Jorjiyada g‘alaba 16 nafar saylovchi ovozini olib keladi. Shunday qilib, Tramp saylovda g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan 270 saylovchidan 246 ovozga ega.