Kaliforniya shtatida maymun chechagining og‘irroq shtammi bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi.
Bu haqda CNN xabar bermoqda.
"Qo‘shma Shtatlardagi maymun chechagi og‘irroq shtammining birinchi ma’lum holati Kaliforniyada tasdiqlangan," - deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, bemor Sharqiy Afrikadan qaytib, mahalliy tibbiyot muassasasida davolanib, shifoxonadan chiqarilgan. Hozirda u uyda o‘zini o‘zi izolyasiya qilmoqda, ahvoli yaxshilanmoqda.