Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Chorvoq suv ombori qirg‘og‘idan topilgan odam suyaklari bo‘yicha Bosh prokuratura ma’lumot berdi

Chorvoq suv ombori qirg‘og‘idan topilgan odam suyaklari bo‘yicha Bosh prokuratura ma’lumot berdi

27 mart kuni telegram-kanallarda Chorvoq suv omborida suv sathining pasayishi oqibatida yuzaga chiqib qolgan odam suyaklari aks etgan video tarqaldi. Video mualliflari ushbu suyaklar bu yerga cho‘milgani kelib cho‘kib ketgan odamlarga tegishli ekanini taxmin qilishgan.

Bo‘stonliq tuman prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida suv omborining ushbu qirg‘og‘ida bundan bir necha yillar avval Bo‘stonliq tumanidagi “Bolodala” mahallasi aholisining “Bezgati bog‘” qabristoni bo‘lgani, Chorvoq da suv sathining ko‘tarilishi natijasida qabriston suv ostida qolib ketgani aniqlangan.

Ayni paytda suv omborida suv sathi pasaygani sababli qabristondan odam suyaklari yuzaga chiqib qolgan.

Tuman prokuraturasiga ko‘ra, Chorvoq suv omborida har yilning boshida suv sathi pasayishi natijasida bunday holatlar kuzatilib turadi. Qayd etilishicha, hozir mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Kiritildi: 23:22 27.03.2023. O'qildi: 5932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!