Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Chorvoq suv ombori chiqindixonaga aylandi

A A A
Chorvoq suv ombori chiqindixonaga aylandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chorvoq suv ombori yuzasida chiqindilarning suzib yurgani aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, holat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganilgan.

O‘rganishlar natijasida so‘nggi kunlarda yog‘gan kuchli yomg‘ir natijasida Chorvoq suv ombori havzasi va yuza qismiga har xil turdagi chiqindilar yig‘ilib qolgani aniqlangan.

Hozirda mazkur suv omboridagi chiqindilar maxsus texnika va qayiqlar yordamida tegishli tartibda bartaraf etilmoqda.

Kiritildi: 19:31 21.06.2022. O'qildi: 4106 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!