Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Chirchiqdagi zavodda sodir bo‘lgan portlash bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi

Chirchiqdagi zavodda sodir bo‘lgan portlash bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan "Maksam Chirchiq" korxonasida sodir bo‘lgan portlash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Toshkent viloyatidagi "Maksam Chirchiq" zavodida 4 oktyabr, seshanba kuni ertalab portlash sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Qayd etilishicha, bosh vazir o‘rinbosari Jo‘rabek Mirazamahmudov, favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev, ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Shuhratjon Sobirov, Toshkent viloyati va Chirchiq shahar hokimliklari, mutasaddi vazirlik va idoralarning mas’ul rahbarlari hamda xodimlari tomonidan zudlik bilan voqea joyiga chiqqan holda chaqnash oqibatlarini bartaraf etish ishlari tashkil etilgan.

Chaqnash natijasida ikki nafar ishchi-xodim yengil turdagi tan jarohati olgan va ularning biri shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Chaqnash oqibatida kelib chiqgan yong‘in soat 10:00 da to‘liq bartaraf qilingan.

Chaqnash sabablarini o‘rganish hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan bosh vaziri o‘rinbosari Jo‘rabek Mirazamahmudov rahbarligida Hukumat komissiyasi tuzilib, belgilangan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:21 04.10.2022. O'qildi: 2678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!