Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi joriy yilning 16-yanvar holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha chiqindi xizmatidan qarzdorligi qoplanmagan umumiy 87,5 mlrd so‘m debitor qarzdorlik uchun jami 873 990 ta abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan “SMS” xabarnoma orqali ogohlantirildi.
Shundan so‘ng, abonentlarga mavjud qarzdorligini bartaraf etish uchun 5 (besh) kun muddat berildi va ushbu davrda 7,4 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirildi.
Shuningdek, respublika kesimida jami 151 202 ta abonentlarning 14,8 mlrd so‘mlik maishiy chiqindi xizmatlaridan qarzdorligi mavjud bo‘lgan iste’molchilarning elektr energiyasi uchun to‘loviga cheklov o‘rnatildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq darhol yechiladi.
Maʼlumot o‘rnida: 1044-sonli Qonuni bilan chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari bo‘yicha to‘lov intizomi tartibga solingan. Unga ko‘ra, har oyning 3-sanasiga qadar qarzdor abonentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Chiqindilarni boshqarish agentligining “Toza makon” billing elektron tizimidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning billing tizimiga uzatilmoqda.
Ushbu tartib 2025-yil 30-iyungacha bo‘lgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi. 2025-yilning 1-iyulidan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun joriy yilning 5-noyabridan boshlab qo‘llanilmoqda.
Avvalroq, 2026-yilning 1-yanvaridan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni faqatgina ko‘rsatilgan xizmatlar uchun onlayn tarzda amalga oshirilishi haqida xabar qilgan edik.