Havo haroratining yuqori ko‘tarilish fonida 11 mart soat 09.20 da "Chimyon" tog‘-dam olish maskani Oqsoy soy havzasiga 20000 kub metr hajmli qor ko‘chki tushgan. Bu haqida Chimyon qor ko‘chki stansiya mutaxasisi ma’lumot berdi.
Fuqarolardan "Chimyon" va "Amirsoy" tog‘ dam olish maskanlariga chiqishda ehtiyot choralari ko‘rilishi talab etiladi. Hozir harorat foni juda yuqori, qor ko‘chki hodisalari faollashadigan davr.
Oldinroq, O‘zgidromet bu to‘g‘rida ogohlantitish xabarini ishlab chiqqandi.