Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Chilonzorda "Slick" ilovasi orqali kiberjinoyat sodir etildi

Chilonzorda "Slick" ilovasi orqali kiberjinoyat sodir etildi

Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi 29 yoshli P.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 600.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi 22 yoshli N.G. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, N.G. bekatda turgan P.A.ning mobil qurilmasidan qo‘ng‘iroq qilib olishni iltimos qilib, P.A.ga sezdirmasdan “Click” ilovasiga kirib, o‘zining mobil qurilmasiga "SMS" xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo‘lga kiritib, 600.000 so‘m miqdordagi pullarni o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.G.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 19:03 30.09.2023. O'qildi: 2597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!