Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Sh-K.” MCHJ mas’ul shaxslari korxonaga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida hisoblagichdan tashqari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 278,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.