Milliy elektr energiyasi koordinatori xabariga ko‘ra, uzilish 25 fevral kuni mahalliy vaqt bilan 15:16 da sodir bo‘lgan. Natijada butun mamlakat elektr ta’minotisiz qoldi.
La Tercera nashrining xabar berishicha, Chilida iste’molchilarning 80,1 foizi elektr ta’minotisiz qolgan. Bunga Norte-Chico hududidagi elektr stansiyasida yuz bergan nosozlik sabab bo‘lgan.
Poytaxt Santyagoda metro poyezdlari harakati to‘xtatildi. Barcha yo‘lovchilar evakuasiya qilindi. Hodisa sababli ko‘chalarga qo‘shimcha avtobuslar chiqarildi. Santyago aeroporti esa zaxira elektr ta’minoti tizimlarini ishga tushirdi. Shuningdek, aloqa va to‘lov tizimlari faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda