Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanganidan so‘ng, Chexiya prezidenti Petr Pavelning idorasiga mamlakat fuqarolaridan Ukraina tomonida jang qilish uchun ruxsat so‘rab 181 ta ariza kelib tushdi, dedi davlat rahbari matbuot kotibi Filipp Platosh. Unga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari safiga qo‘shilish uchun ruxsat 60 nafar Chexiya fuqarosiga berilgan.
Chexiya fuqarolari Kiyev tomonidagi janglarga qonuniy ravishda qo‘shilishlari uchun prezidentdan ruxsat olishlari kerak. Ukraina Qurolli Kuchlari safida jang qilish uchun prezidentning oldindan ruxsatisiz ketgan chex ko‘ngillilari avf etish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Bunday holda ularga nisbatan jinoiy ta’qib qilish tugatiladi yoki boshlanmaydi.