Chexiya hukumati o‘zining yangi mudofaa strategiyasida Rossiyani mamlakat uchun asosiy tahdid deb atadi, deb xabar berdi Seznam Zprávy.
“Yangi mudofaa strategiyasida Rossiya Chexiya uchun eng jiddiy tahdid sifatida belgilangan”, — deyiladi nashr.
Nashrning yozishicha, Chexiyaning yangi mudofaa strategiyasida Ukraina mojarosi to‘liq hisobga olingan.
Qayd etilishicha, hujjat allaqachon Chexiya Xavfsizlik kengashi tomonidan tasdiqlangan.
Oktyabr oyida bu masala bo‘yicha parlamentda ovoz berish o‘tkazilishi kutilmoqda.