Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Chetga chiqqanlarning pasport ma’lumotlaridan g‘arazli maqsadda foydalangan jinoiy guruh fosh bo‘ldi

Chetga chiqqanlarning pasport ma’lumotlaridan g‘arazli maqsadda foydalangan jinoiy guruh fosh bo‘ldi

Bugungi globallashuv jarayonida axborot oqimining tezlashishi va keng tarqalishi axborot xavfsizligini ta’minlash, xususan, shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor qilinishini oldini olish muhim masalalardan hisoblanadi.

Jinoyat kodeksining 141/2-moddasida shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Sudlanuvchi A.X. savdo shahobchasida uyali telefon apparatlari va aksessuarlari savdosi bilan shug‘ullanib kelib, to‘rt nafar shaxslar bilan til biriktirib, O‘zbekiston Respublikasi hududiga bojxona rasmiylashtiruvini chetlab o‘tish orqali olib kirilgan uyali telefon apparatlarining IMEI kodlarini ro‘yxatga olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktyabrdagi “Mobil vositalarni ro‘yxatga olish tizimini tartibga solish haqida”gi 847-sonli Qarori, 2018 yil 22 iyundagi “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib o‘tish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 463-sonli Qarorlarida jismoniy shaxslar uchun belgilangan imtiyozlardan o‘zining g‘araz niyatlarida foydalanib, uyali telefon apparatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlashi hamda ularning hech qanday moneliksiz sotilishini qo‘zlab, chet davlatga chiqqan fuqarolarning pasport ma’lumotlarini topib, ulardan foydalanib uyali telefon apparatlari go‘yoki ushbu fuqarolar tomonidan O‘zbekiston hududiga olib kirilganligi haqida ro‘yxatga oldirishga erishgan.

Ularning qing‘ir qilmishi jazosiz qolmadi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudining hukmiga ko‘ra ikki nafar sudlanuvchiga 7.805.000 so‘mdan, qolgan uch nafariga esa 8.920.000 so‘mdan jarima jazosi tayinlandi.

 

Ilyosjon Usmonov

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudining sudyasi

Bobirjon Ergashev

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudining raisi

Kiritildi: 17:26 17.06.2020. O'qildi: 2579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!