Prezidentimiz biznes uchun teng sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
–Mahalliy korxonalarimizga yo‘l ochib, ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qimmat bozorlarga yangi-yangi mahsulotlar bilan kirishiga sharoit yaratishimiz zarur, – dedi davlat rahbari.
Lekin ayrim tovarlar bozorlarimizga sun’iy pasaygan narxda kirib kelayotgani mahalliy ishlab chiqaruvchilarning o‘rnini zaiflashtirayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, o‘zimizda chiqarilyotgan tannarxi 220 dollarlik kichik muzlatgich bozorda o‘rtacha 250 dollardan sotilayotgani uchun 30 dollar QQS to‘lanadi.
Xuddi shunday muzlatgichning import narxi sun’iy pasaytirilib, 25 dollar ko‘rsatilgani uchun bor-yo‘g‘i 3 dollar QQS olinayapti. Ya’ni, ishlab chiqaruvchi importga nisbatan 10 karra ko‘p soliq to‘layapti.
Yangi farmon bilan endilikda chetdan olib kelinayotgan tovarlar bojxona qiymatini aniqlash tartibi to‘liq xalqaro qoidalarga moslashtiriladi.