Bu yil chet tilidan ijodiy imtihon olinayotgan 8 ta OTMda sinov 17-23-iyul kunlari bo‘ladi.
Bilimlarni baholash agentligi xodimi bu imtihonlarning javoblarini tekshirish ma’lum vaqt olishini, taxminan avgustning boshida yoki iyulning oxirida javoblar chiqishini ma’lum qildi.
❗️Natijalar chiqqandan keyin 3 kun ichida ballidan norozi abituriyent apellyasiya berishi mumkin.
🔠 Eslatib o‘tamiz, chet tili imtihoni 2 bosqichda bo‘ladi:
1️⃣-bosqichda gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni — 17-20-iyul kunlari kompyuterda;
2️⃣-bosqichda tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihoni — 21-23-iyul kunlari qog‘oz shaklda bo‘lib o‘tadi.