Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Chet eldagi mahkumlarni O‘zbekistonga ko‘chirish tartibi belgilandi

A A A
Chet eldagi mahkumlarni O‘zbekistonga ko‘chirish tartibi belgilandi

Xorijdagi fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklari samarali himoya qilinishi kuchaytiriladi.

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1009-son, 04.12.2024 y.) bilan Jinoyat-prosessual kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi

🔰 Qonun bilan kodeks xorijiy davlat sudining qarori tan olinishi va ijroga qaratilishini, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun, qabul qilib olishni hamda xorijiy davlatga berishni nazarda tutuvchi yangi bob bilan to‘ldirilmoqda.

📝 Shuningdek, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni va o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslarni qabul qilib olish hamda berish asoslari, sud jarayoni ishtirokchilarining prosessual maqomi belgilanmoqda.

📌Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritildi: 14:30 05.12.2024. O'qildi: 1150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!