Bugun 6 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Chernogoriyadagi otishmada 10 kishi halok bo‘ldi

Chernogoriyadagi otishmada 10 kishi halok bo‘ldi

Chernogoriya janubi-g‘arbidagi Setinye shahrida chorshanba kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan otishmada kamida 10 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Danilo Sharanovich ma’lum qildi.

Chernogoriya davlat teleradiokompaniyasi RTCG xabariga ko‘ra, voqea mahalliy vaqt bilan soat 15:00 atrofida mahalliy restoranda shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan.

Matbuot anjumanida D.Sharanovich to‘rt kishi og‘ir tan jarohati olgani, ulardan ikki nafari shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani va hozirda reanimasiya bo‘limida yotganini tasdiqladi.

"Setinyeda barcha mavjud polisiya bo‘linmalari joylashtirildi, gumondor shaxsni aniqlash va qo‘lga olish harakatlari olib borilmoqda", dedi Ichki ishlar vaziri va hodisaning uyushgan jinoyatchilikka aloqasi yo‘qligini qo‘shimcha qildi.

D.Sharanovich aholini ko‘chaga chiqmaslikka chaqirib, gumonlanuvchi yashirinishi mumkin bo‘lgan hudud torayganini qayd etdi. U, shuningdek, qurol qonunlarini qayta ko‘rib chiqish rejalarini e’lon qildi va hujum noqonuniy egalik qilingan qurollar bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

Hukumat 2-4 yanvar kunlari 3 kunlik milliy motam e’lon qildi. Barcha ommaviy va madaniy tadbirlar to‘xtatiladi, bayroqlar yarimga tushiriladi.

Kiritildi: 11:12 02.01.2025. O'qildi: 537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!