Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

«Chelsi»ning sobiq hujumchisi vayronalar ostidan tirik holda topildi

«Chelsi»ning sobiq hujumchisi vayronalar ostidan tirik holda topildi

«Chelsi» va «Nyukaslning» sobiq hujumchisi Kristian Atsu dushanba kuni Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilziladan so‘ng bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan edi, deya xabar beradi Sabah nashri.

Turkiyaning Hatayspor klubida to‘p surgan ganalik futbolchi qulagan bino vayronalari ostida ko‘milib qolgan. Vayronalarni ochish paytida qutqaruvchilar uni tirik holda topishdi. Zilzila oqibatida jarohat olgan sportchi shifoxonaga yotqizilgan.

31 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni jamoasida bir yil to‘p surganidan so‘ng turk jamoasiga kelib qo‘shilgan edi.

Gana prezidenti Nana Akufo-Addo qutqarilishidan oldin Turkiya xalqiga hamdardlik bildirdi va ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida: “Bizning qabiladoshimiz, Ganalik Kristian Atsu tirik va sog‘-salomat topilishini so‘rab duo qilamiz”, deya xabar qoldirgan edi.

Kiritildi: 21:09 08.02.2023. O'qildi: 4310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!