Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

"Chelsi"ni tark etishi kutilayotgan 8 futbolchining nomi ochiqlandi

"Chelsi"ni tark etishi kutilayotgan 8 futbolchining nomi ochiqlandi

Londonning “Chelsi” klubi yozgi transfer oynasida 8 nafar futbolchisidan qutulmoqchi, deb xabar bermoqda Evening Standard.

Manba bergan xabarga ko‘ra, klub o‘yinchilar sonini hozirgi 33 nafardan 25 nafarga qisqartirish zarur, deb hisoblamoqda. Darvozabon Eduar Mendi, yarim himoyachilar Ruben Loftus-Chik, Konor Gallaxer, Hakim Ziyesh, Mateo Kovachich, Meyson Maunt va Kristian Pulishich va shuningdek, hujumchi Pyer-Emerik Obameyang yozda ketishi mumkin.

"Chelsi" 27 turdan keyin 38 ochko bilan APLda 10-o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasida "aristokratlar" 1/4 finalga chiqdi va u yerda "Real"ga qarshi o‘ynaydi.

Kiritildi: 07:39 30.03.2023. O'qildi: 1270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!