Londonning “Chelsi” jamoasi yanvar oyidagi transfer oynasi oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanovni kuzatayotgan klublar qatorida. Husanovning “Manchester Siti” tarkibida muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tusha olishi hozircha noma’lum.
Shu bois “Chelsi” futbolchining vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shuningdek, Premer-liganing yana 3 ta klubi ham Husanov transferini ko‘rib chiqayotgani aytilgan. Hozircha bu qaysi jamoalar ekani ma’lum qilinmagan.