Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

"Chegarasiz dunyo g‘oyasi ahmoqona edi": Marko Rubio Myunxenda G‘arbning xatolarini sanab o‘tdi

"Chegarasiz dunyo g‘oyasi ahmoqona edi": Marko Rubio Myunxenda G‘arbning xatolarini sanab o‘tdi

Chegarasiz dunyo g‘oyasi va milliy manfaatlarning global tartib bilan almashinishi haqidagi fikr ahmoqona g‘oya edi va G‘arb buning uchun yuqori badal to‘lashiga to‘g‘ri keldi.

Ushbu fikrni AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Myunxen xavfsizlik konferensiyasida bildirib o‘tdi.

"Qoidalarga asoslangan ushbu tartib milliy manfaatlar o‘rnini egallashi, biz chegarasiz dunyoda yashashimiz va hamma dunyo fuqarosi bo‘lishi haqidagi fikr ahmoqona g‘oya edi", — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbda iqtisodiy va savdo aloqalari davlatning vazifalari o‘rnini bosishiga umid qilishgan edi.

"Biz buning uchun yuqori badal to‘ladik. Biz erkin va tartibga solinmagan savdoning dogmatik mafkurasini qabul qilgan edik", — deya ta’kidladi Rubio.

Kiritildi: Bugun 13:56. O'qildi: 418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!