Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Chegaradan pnevmatik qurol olib kirilishi oldi olindi

Chegaradan pnevmatik qurol olib kirilishi oldi olindi

“Yallama” chegara bojxona posti orqali pnevmatik qurol va 1 500 dona o‘qni yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi.

Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘shni davlatdan yurtimizga “Yallama” chegara bojxona post orqali fuqaro boshqaruvida kirib kelgan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Ko‘rikda yo‘lovchining shaxsiy buyumlar orasida deklarasiyada yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 1 dona “Stalker S84” nomli 4 yarim mm kalibrli pnevmatik to‘pponcha va 1 500 dona o‘q borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasining qurol to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini davlatimiz hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzitini amalga oshirishda, tegishli organlar ruxsatnomalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Kiritildi: 01:33 08.01.2025. O'qildi: 566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!